Avvallari bu tutun 24 soat tarqalaverardi, hamma nafas olaverardi – Shavkat Mirziyoyev Navoiydagi ekologik muammolarga to‘xtaldi
Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyati saylovchilari bilan uchrashuv davomida ekologik muammolarga to‘xtaldi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Foto: Milliy mass-media fondi
“Navoiydagi zavodlarning uzun quvurlaridan sap-sariq, zaharli tutun tutab turardi. Bu tutun 24 soat tarqalaverardi, hamma nafas olaverardi. Hech kim odamlarning o‘pkasi nima bo‘layotganini o‘ylamasdi.
Mana, hammasini almashtirdik. Hozir yo‘q u balo. 70 yil avvalgi, eskirib ketgan texnologiyalarni o‘zgartirdik. Qilsa bo‘lar ekan-ku”, – dedi prezidentlikka nomzod.
Sanoat korxonalarining atmosfera havosiga zararli ta'sirini kamaytirish maqsadida alohida dastur qabul qilib, amalga oshirilishi ma'lum qilindi.