Afg‘onistonlik qochqinlarni unga qo‘shni mamlakatlar qabul qilishi kerak – YeI
Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar qochqinlarni o‘z hududlarida joylashtirishi uchun Yevroittifoq bu mamlakatlarga mablag‘ ajratishni rejalashtirmoqda.

Yevropa ittifoqi afg‘onistonlik qochqinlarni unga qo‘shni mamlakatlar qabul qilishi kerakligini bildirdi.
Qayd etilishicha, Yevroittifoq tashqi ishlar vazirlari Afg‘onistondagi voqealarni muhokama qildi.
Bryusseldagi uchrashuvda qabul qilingan bayonotda aytilishicha, afg‘onistonlik himoyaga muhtoj odamlar himoyasini unga qo‘shni mamlakatlar ta'minlashi lozim. Hozirda YeI bu masala bo‘yicha aniq majburiyatni o‘z zimmasiga olmoqchi emas.
Shuningdek, Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar qochqinlarni o‘z hududlarida joylashtirishi uchun Yevroittifoq bu mamlakatlarga mablag‘ ajratishni rejalashtirmoqda.
Bayonotga ko‘ra, YeI davlatlarining o‘zlari taklif qilgan taqdirdagina afg‘onistonlik qochqinlar bu davlatlarga ko‘chirilishi mumkin.
Mavzuga oid

17:55 / 18.04.2025
Yevroittifoq Rossiya aviakompaniyalari uchun o‘z osmonini ochishdan bosh tortdi

09:20 / 18.04.2025
Tramp YeI bilan savdo kelishuviga erishishiga «100 foiz» ishonch bildirdi

20:43 / 17.04.2025
Toliblar endi Rossiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji

14:09 / 17.04.2025