Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Jalolobodda namoyishchilarga qarata o‘t ochgani xabar qilindi
Jalolobodliklar davlat bayroqlari o‘rniga toliblar bayroqlari o‘rnatilishiga qarshi namoyishga chiqqani aytilmoqda.

Foto: EPA/Vostock-photo
Afg‘onistonning Nangarhor viloyati markazi Jalolobod shahrida toliblar ularga qarshi namoyishga chiqqanlarga qarata o‘t ochdi, deb xabar berdi Interfaks mahalliy manbalarga tayanib.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ikki kishi halok bo‘lgan, bir necha kishi yaralangan.
Shaharliklar davlat bayroqlari o‘rniga toliblar bayroqlari o‘rnatilishiga qarshi namoyishga chiqqani aytilmoqda.
«Jangarilar Afg‘oniston milliy bayrog‘ini ko‘tarib olgan namoyishchilarga qarata o‘t ochdi, ikki kishi o‘ldi, sakkiz kishi yaralandi», — deb xabar bergan manbalar.
Toliblar hozircha ushbu holat bo‘yicha izoh bermadi.
Bir kun avval Xost viloyatida davlat bayrog‘ini qo‘llab-quvvatlab namoyishlar o‘tkazilgan.
Mavzuga oid

08:43
O‘zbekiston va Turkiya Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni muhokama qildi

19:08 / 03.08.2025
Qozog‘iston Afg‘onistonga yordam ko‘rsatishda davom etadi – To‘qayev

07:51 / 21.07.2025
Germaniyadan bir yil ichida ikkinchi deportatsiya reysi Kobulga uchib ketdi

18:41 / 18.07.2025