Andijonda talabaning o‘qishini Toshkent davlat yuridik universitetiga ko‘chirib bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

U yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishini Toshkent davlat yuridik universitetiga ko‘chirib berish evaziga 3 000 AQSh dollarini olganda ushlangan.
Fuqaro L.N. fuqaro M.ning Qirg‘iziston Respublikasi, Jalolobod shahridagi zamonaviy xalqaro universitetidagi o‘qishini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent davlat yuridik universitetiga ko‘chirib berish evaziga 3 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Andijon davlat universitetining tijoratlashtirish bo‘limi inspektori o‘qishni ko‘chirib berish evaziga 3 000 AQSh dollarini olgan paytda ushlanganligi xabar qilingan edi.
Mavzuga oid

07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi

20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi

10:06 / 13.05.2025
Andijonda Equinox va tez yordam mashinasi ishtirokida YTH ro‘y berdi

07:52 / 11.05.2025