Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan «Tolibon» tomonidan tahdid yo‘q - Rossiya TIV vakili

Foto: Str/Xinhua/Global Look Press
Rossiya «Tolibon» harakati tomonidan Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan tahdid ko‘rmayapti. Bu haqda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya TIV Osiyo ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulov ma'lum qildi.
«Markaziy Osiyodagi ittifoqchilarimizga nisbatan hech qanday tahdid ko‘rmayapmiz. Buning aksini bildiradigan birorta ham fakt yo‘q», — dedi Kabulov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya «Tolibon» bilan avvalroq muloqotga kirishgan.
Bundan oldin, Zamir Kabulov «Tolibon» Rossiyaning Kobuldagi elchixonasini qo‘riqlashni boshlaganini aytgandi.
15 avgust kuni Afg‘onistondagi hokimiyat «Tolibon» qo‘liga o‘tdi. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani mamlakatni tark etgan.
Mavzuga oid

11:27
Rossiyaga markaziy osiyolik migrantlar oqimi kamaygani aytildi

21:58 / 21.04.2025
Italiya bosh vaziri Markaziy Osiyo liderlari bilan ko‘rishadi

19:14 / 19.04.2025
Ko‘p qutbli dunyoda – Turkiya va turkiy birlik

10:12 / 19.04.2025