AQSh elchixonasi amerikaliklarni Afg‘onistonni tark etishga chaqirdi
AQSh va NATO qo‘shinlarining Afg‘onistonni tark etishi fonida «Tolibon» harakati jangarilari hujumlarni kuchaytirdi.

Foto: Getty Images
AQShning Kobuldagi elchixonasi Afg‘onistondagi amerikaliklarni mamlakatni tark etishga chaqirdi. Bu haqda diplomatik missiya saytida xabar qilindi.
«Elchixona amerikaliklarga jinoyatchilik, terrorizm darajasi yuqoriligi sababli Afg‘onistonga kelish xavfli ekanligini eslatadi, mamlakatda bo‘lib turganlarni esa uni tark etish masalasini ko‘rib chiqishga chaqiradi», — deyiladi elchixona xabarida.
AQSh va NATO qo‘shinlarining Afg‘onistonni tark etishi fonida «Tolibon» harakati jangarilari hujumlarni kuchaytirdi.
Reuters agentligining xabar berishicha, 6 avgust kuni jangarilar Nimro‘z viloyatining poytaxti Saranj shahriga kirgan.
Mavzuga oid

19:53
AQSh Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlaridan quyosh panellari importiga bojlar belgiladi

13:15
Trampning Ukraina bo‘yicha rejasi ba’zi shartlari e’lon qilindi – OAV

13:04
Isroilning asl maqsadi, vafot etgan Rim papasi va Ukraina urushidan charchagan AQSh - kun dayjesti

12:18