Qashqadaryoda o‘z xonadonida ko‘p miqdorda kannabis parvarishlab kelayotgan ayolga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi ayol o‘z xonadonida ko‘p miqdorda kannabis giyohvandlik o‘simligini o‘stirib kelayotgani aniqlangan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Milliy gvardiya Kitob tumani qo‘riqlash bo‘limi, DXX va IIBning xodimlari hamkorligida tumanda «Qoradori-2021» profilaktik tadbirlari o‘tkazilgan. Tadbir davomida tumandagi «Sharq yulduzi» MFYda yashovchi,1979 yilda tug‘ilgan G.I. ismli ayol xonadoni ko‘zdan kechirilganda, hovlisidagi issiqxonada 63 tup kannabis giyohvandlik o‘simligini qonunga xilof ravishda yetishtirib kelayotgani aniqlangan. Giyohvand o‘simliklar xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Kitob tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi

23:40 / 14.03.2025
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

16:41 / 14.03.2025
Qarshi shahri hududi qariyb 2 barobar kengayadi

20:21 / 12.03.2025