Moskva toliblar Afg‘onistonda hokimiyatni to‘liq egallab olishi ehtimoliga tayyorligi aytildi
Zamir Kabulovning so‘zlariga ko‘ra, toliblar hozirda 417 uyezdning 200dan ortig‘ini nazorat qilmoqda.

Rossiya rahbariyati toliblar Afg‘onistonda hokimiyatni to‘liq egallab oladi deb hisoblamaydi, ammo voqealarning ana shunday tarzda rivojlanishiga ham tayyor. Bu haqda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov aytdi.
"Birinchidan, bunday ssenariy yuz beradi deb o‘ylamaymiz, ammo turli ssenariylarga tayyormiz", – dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva voqealarning ana shunday tarzda rivojlanishi ehtimolini ko‘rib chiqqan, "demak, biz bunga tayyormiz".
Toliblar hozirda 417 uyezdning 200dan ortig‘ini nazorat qilmoqda, dedi Kabulov.
"Toliblar boshqa uyezdlarda ham bor. Shunchaki, harbiy statistikada ma'muriy markazning egallab olinishi hisobga kiritiladi", – dedi u.
Mavzuga oid

01:32
Putin Ukrainadagi jangovar harakatlarni hozirgi front chizig‘i bo‘ylab to‘xtatishni taklif qildi - FT

21:47 / 22.04.2025
«Tolibon» endi Rossiyada terror guruhi emas. Harakat asr boshida Rossiyaga jihod e’lon qilgandi

13:15 / 22.04.2025
Trampning Ukraina bo‘yicha rejasi ba’zi shartlari e’lon qilindi – OAV

11:27 / 22.04.2025