AQShda majburiy niqob taqish rejimiga qaytildi

Foto: AP
AQShda koronavirusga qarshi emlanganlar uchun majburiy niqob taqish rejimini qaytarishga qaror qilindi.
Tegishli choralar koronavirus tarqalishi yuqori darajada bo‘lgan hududlardagina amal qiladi. Gap AQSh hududining deyarli uchdan ikki qismi, asosan janubiy va g‘arbiy shtatlar haqida bormoqda.
Ushbu hududlarda koronavirusga qarshi to‘liq emlangan odamlar binolar ichida, jamoat joylarida, maktablarda niqob taqishlari zarur bo‘ladi.
Ta'kidlanishicha, emlangandan keyin virusning “delta” shtammini yuqtirib olganlar ba'zi holatlarda uni boshqalarga yuqtirishi mumkinligi haqida ma'lumotlar olingan. Cheklovlar Hindistonda paydo bo‘lgan “delta” shtammi AQShda tez tarqalayotgani va hozirda mamlakatda aniqlanayotgan kasallanish holatlarining 80 foizdan ko‘prog‘i ushbu shtammga to‘g‘ri kelayotgani haqidagi ma'lumotlardan keyin qaytarildi.
AQSh prezidenti Jo Bayden emlash bo‘yicha kampaniyani kuchaytirish va niqoblar taqish mamlakatga 2020 yilda to‘qnash kelgan lokdaunlardan qochish imkonini berishini aytgan.
Mavzuga oid

15:22 / 19.04.2025
Xitoy AQShdan suyultirilgan tabiiy gaz sotib olishni to‘xtatdi

13:03 / 19.04.2025
Safini kengaytirib olgan HAMAS, Ukraina shaharlariga raketa hujumi va Suriyadagi bazalarini yopayotgan AQSh - kun dayjesti

11:33 / 19.04.2025
Reuters: Eron AQSh bilan yangi yadroviy kelishuv uchun kafolatlar olishni istayapti

08:35 / 19.04.2025