Tunis prezidenti bosh vazirni iste'foga chiqardi

Tunis prezidenti Qays Said bosh vazir Hisham Mashishini iste'foga chiqarganini e'lon qildi. Prezident bunday qarorni 25 iyulda mamlakatda hukumatga va 2011 yildan beri hokimiyatni egallab kelayotgan “An-Nahda” partiyasiga qarshi o‘tgan namoyishlardan keyin qabul qildi.
Tunis rahbari, shuningdek, parlament ishini 30 kunga to‘xtatib qo‘yishga qaror qildi va deputatlarni daxlsizlikdan mahrum qildi. U konstitutsiyaga ko‘ra, prezident parlamentni tarqatish huquqiga ega emasligini, biroq “muqarrar xavf” holatida uning faoliyatini to‘xtata olishini ta'kidlab o‘tgan.
Bundan tashqari, prezident barcha deputatlar va bir qator amaldorlarga safarlar amalga oshirishni taqiqlab qo‘ygan.
Ta'kidlanishicha, Tunis prezidenti tomonidan qo‘yilgan ushbu qadam u va mamlakatdagi eng nufuzli siyosiy kuch –“An-Nahda” partiyasi o‘rtasidagi siyosiy qarama-qarshilikning davomi hisoblanadi.
Tunis parlamenti spikeri, “An-Nahda” yetakchisi Rashid Gannushi Saidni davlat to‘ntaruvini amalga oshirishga urinishda ayblagan. U aholini “demokratiyani tiklash uchun tinch harakat qilishga” chaqirgan.
Tunisliklar hukumatning koronavirusga qarshi kurash choralari va iqtisodiy inqirozga qarshi chiqmoqdalar. Ular parlament tarqatilib, yangi saylovlar o‘tkazilishini, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishini talab qilishmoqda.
Politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘zni yoshlatuvchi gaz qo‘llagan. Namoyishchilardan ba'zilari hibsga olingan.
Saidning parlament faoliyatini to‘xtatish qaroridan keyin Tunis poytaxtiga hukumat armiyasi bo‘linmalari kiritilgan. Ular shahar markazi, jumladan, parlament binosi va milliy telekompaniya bosh qarorgohi joylashgan hududni egallagan.
Mavzuga oid

14:13 / 06.04.2025
Dunyo parlamentlarida ayol siyosatchilarning soni va nufuzi ortmoqda - Martin Chungong

15:25 / 03.04.2025
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

11:18 / 23.03.2025
«Chunki puli tugaydi» - Alisher Qodirov saylovdan keyin partiyalar jim bo‘lib qolishi haqida

15:00 / 05.03.2025