Samarqand viloyati hokimligi ishchi guruhi kiritilmagan Urgutdagi bolalar oromgohi ayanchli ahvolda ekani ma'lum bo‘ldi

Joriy yil 11 iyul kuni Mirzo Ixtiyorov boshchiligidagi Samarqand viloyat hokimligi ishchi guruhi Urgut tumanida joylashgan «Bahora» bolalar yozgi dam olish oromgohiga Milliy gvardiya xodimlari tomonidan kiritilmagani haqida xabar berilgandi. Mazkur oromgohda bolalar uchun yaratilgan sharoitlar ayanchli ahvolda ekani ma'lum bo‘ldi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashining ijtimoiy-madaniy sohani rivojlantirish, oila, xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Mirzo Ixtiyorovning xabar berishicha, joriy yil 13 iyul kuni viloyat televideniyesining tasvirga olish guruhi bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish uchun «Bahora» bolalar yozgi dam olish oromgohida bo‘lgan.
Mazkur oromgohda bolalar uchun yaratilgan sharoitlar mutlaqo qoniqarsiz ahvoldaligi ma'lum qilindi. Oromgoh hududi chiqindilar bilan to‘la, ular orasida hatto spirtli ichimliklardan bo‘shagan shishalar ham bo‘lgan. Bundan tashqari, oromgoh hududida begona odamlarga tegishli avtomashinalar borligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, oromgohdagi yotoqxona, oshxona va hojatxonada ahvol achinarli holatda bo‘lgan.
P.S. 11 iyul kuni viloyat hokimligi ishchi guruhini oromgoh hududiga kiritmagan Milliy gvardiya xodimlari uning ichkarisidagi holatdan xabardormidi? Nega chiqindilar orasida aroq shishalari, ichkarida begona odamlarning mashinalari turibdi? Ular oromgoh hududiga qanday kirgan?
Mavzuga oid

17:56 / 18.04.2025
Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

17:01 / 08.04.2025
Samarqand iqlim forumida qanday natijalarga erishildi?

14:48 / 08.04.2025
Samarqandda Imom Moturidiy yodgorlik majmuasini kengaytirish uchun 217 ta turarjoy binosi buziladi

10:47 / 08.04.2025