Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mavlud Chovusho‘g‘li Farg‘onaga keldi
Bugun, 14 iyul kuni Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Mehmonning samolyoti Farg‘ona xalqaro aeroportiga qo‘ngan.

Yuqori martabali mehmonni aeroportda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Turizm va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek A'zamov kutib oldi. Tashrif davomida ularga shuningdek ikki tomonning favqulodda va muxtor elchilari hamrohlik qilmoqda.
Kutib olish marosimidan so‘ng Mavlud Chovusho‘g‘li Marg‘ilondagi hunarmandchilik markazi tomon yo‘l oldi.
Bu Mavlud Chovusho‘g‘lining O‘zbekistonga ikkinchi tashrifi bo‘lib, bundan oldin u 2021 yilning 6-9 mart kunlarida Xiva, Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlarida bo‘lgan.
Mavzuga oid

21:50 / 23.07.2025
Asalarilar o‘limi davom etmoqda. Moddiy zarar qoplanadimi?

21:52 / 22.07.2025
Farg‘onada adashib bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashlagan shifokor qamaldi

16:09 / 18.07.2025
Tomda mehmonxona qurish mumkinmi?

09:04 / 18.07.2025