Afg‘oniston hukumati ikkita tumanni toliblardan qaytarib oldi
Hukumat Badaxshon viloyatidagi Yaftal-i-Poyin va Quyi Yaftal tumanlari ustidan nazoratni yana o‘z qo‘liga olgan.

Afg‘oniston hukumat kuchlari ikkita tumanni «Tolibon» harakati jangarilaridan qaytarib oldi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligiga tayanib, TOLO news xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, hukumat Badaxshon viloyatidagi Yaftal-i-Poyin va Quyi Yaftal tumanlari ustidan nazoratni yana o‘z qo‘liga olgan.
Ammo «RIA Novosti»ning xabar berishicha, jangarilar Qandahor, Farah va Parvon viloyatlarida to‘rtta tumanni egallab olgan.
Avvalroq xavfsizlik kuchlari "Tolibon" jangarilarining Qandahor shahriga hujumini to‘xtatgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

21:47 / 22.04.2025
«Tolibon» endi Rossiyada terror guruhi emas. Harakat asr boshida Rossiyaga jihod e’lon qilgandi

20:43 / 17.04.2025
Toliblar endi Rossiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji

11:41 / 17.04.2025
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi

07:02 / 16.04.2025