Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukusda 2,5 mlrd so‘mga ta'mirlangan «bazar stoyanka» 60 kun deganda ishga tushdi

Foto: KUN.UZ
5 iyulda Nukusdagi eng katta avtoturargoh foydalanishga topshirildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston transport vazirligi xabar berdi.
Shu kundan boshlab «bazar stoyanka»da «Damas»lar harakati qayta yo‘lga qo‘yildi. Oldin nukusliklar yog‘in-sochinli kunlarda turargohda suv kechib yurardi.
«Bazar stoyanka»ning ta'miriga 2,5 mlrd 251 mln so‘m ketgan. Bozor ma'muriyatining ma'lum qilishicha, bu mablag‘ ichki imkoniyat evaziga topilgan.
«Stoyanka» 4 may kuni yopilgandi. Rekonstruksiya ishlariga 60 kun vaqt ketdi. Bu vaqt mobaynida «Damas»lar Nukus bo‘ylab tarqatib yuborildi.
Avtoturargohga yomg‘ir va qor suvi yig‘iladigan maxsus jihozlar o‘rnatilgan. Yo‘nalishlar o‘rtasida ham suv to‘planmasligi mumkin. Maxsus ariqchalar bunga imkon bermaydi.
Lekin yotqizilgan asfalt sifati savol ostida qolmoqda. Haydovchilarning aytishicha, «stoyanka»ga sifatsiz asfalt to‘shalgan.
Ma'lumot uchun, «Bazar stoyanka»ga har bir «Damas» 500 so‘mdan kirib chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, bir yil oldin Nukus shahri hokimi Utemurat Panayev Nukusdagi yagona tunnel va «bazar stayanka»dan suv kechib o‘tilishiga o‘z munosabatini bildirgandi.
Mavzuga oid

15:55 / 12.07.2025
Nukus - Oqtov yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

19:29 / 31.05.2025
Toshkentda yo‘lbo‘yi pulli avtoturargohlar ishga tushdi. Aholi qanday fikrda?

19:24 / 20.05.2025
Nukus davlat texnika universitetiga yangi rektor tayinlandi

07:33 / 26.04.2025