AQShda koronavirusni aniqlovchi niqob ishlab chiqildi

Foto: news.mit.edu
AQShning Harvard universiteti va Massachusets texnologik instituti mutaxassislari koronavirusni aniqlovchi himoya niqobini ishlab chiqishdi. Ushbu niqob uni taqqan odam koronavirusga chalingani yoki yo‘qligini aniqlay oladi.
Niqob koronavirusni aniqlash uchun bir martalik datchik bilan jihozlangan bo‘lib, u natijani 1,5 soat ichida ko‘rsatadi. Sir tutish maqsadida natija niqobning ichki tomonidagina aks etadi.
Olimlar bunday datchiklarni bir necha yil avval ishlab chiqarishni boshlashgan. Ular Ebola va Zika viruslari bilan kasallanishni aniqlashda qo‘llangan. Qurilma boshqa viruslarni topishga ham sozlanishi mumkin.
Datchikni kiyimga ham tiksa bo‘ladi. Bunday kiyimlardan tez yordam mashinalari xodimlari, harbiylar foydalanishlari mumkin.
Mavzuga oid

00:30
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025
SSV: O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror

17:25 / 29.05.2025
Osiyoda COVID yana keng tarqaldi, hukumatlar niqob taqishga chorlamoqda

23:21 / 15.05.2025