Ichki ishlar vazirligi Kattaqo‘rg‘ondagi hodisa yuzasidan munosabat bildirib, aybsizlik prezumpsiyasi haqida eslatdi
Ichki ishlar vazirligi Kattaqo‘rg‘on tumanida YPX inspektorlarining faoliyati jarayonida fuqaro vafot etganligi borasida ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on yoki noxolis axborot tarqalishi oldini olish maqsadida munosabat bildirdi.
«Prokuratura organlari tomonidan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va tergov harakatlari olib borilayotganini ma'lum qilib, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda sodir bo‘lgan mazkur holatga o‘z munosabatini quyidagi asoslar bilan bildiradi. Jumladan:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasiga ko‘ra, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmasligi belgilangan;
Jinoyat protsessual kodeksining 23-moddasi (Aybsizlik prezumpsiyasi)da «Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanishi» qayd etilib, mavjud qonunchilik talablariga amal qilinmagan holda munosabat bildirishi natijasida ommada salbiy ijtimoiy fikr shakllanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, jurnalistika faoliyati bilan shug‘ullanadigan har bir shaxs bevosita «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi qonunning 11-moddasi (Axborotning to‘g‘riligi uchun javobgarlik)da qayd etilgan ya'ni ommaviy axborot vositalari e'lon qilinayotgan axborotning to‘g‘riligini tekshirib ko‘rishlari shartligi va ular axborot beruvchi bilan birgalikda uning to‘g‘riligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘lishlari hamda «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunning 5-moddasi (Ommaviy axborot vositalarining erkinligi)da ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlariga muvofiq axborotni izlash, olish, tadqiq etish, tarqatish, undan foydalanish, uni saqlash huquqiga egaligi hamda tarqatilayotgan axborotning xolisligi va ishonchliligi uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘lishi belgilanganligi haqidagi normalardan bevosita xabardor bo‘lishlari lozim.
Shu bilan birga, shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on yoki noxolis axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish qonunchilikka asosan javobgarlikka tortilishi uchun asos bo‘lishi mumkinligini eslatib o‘tamiz», deyiladi vazirlik munosabatida.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Go‘sht narxining oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36
-
Afg‘onistonlik investorlar O‘zbekistondagi firmalar soni bo‘yicha kuchli beshlikka kirdi
O‘zbekiston | 20:09
-
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45
-
Andijonda Bobur shahri paydo bo‘ladi
O‘zbekiston | 19:42
Mavzuga oid

12:04 / 05.04.2025
«Jinoyat tarkibi aniqlanmadi» – Uzun tumanida so‘roqqa olib ketilgan fuqaro vafot etgani yuzasidan tekshiruv yakunlandi

21:14 / 24.03.2025
Qashqadaryo viloyatida IIBning qator mulozimlari ishdan olindi

16:39 / 18.03.2025
Sirdaryoda IIB boshlig‘i o‘rinbosari jinoiy jazoga tortildi

11:56 / 17.03.2025