Surxondaryo viloyati hokimligi ham Skoda Kodiaq avtomobillarini sotib oldi
Bu «inomarka»lar – hokim To‘ra Bobolovning yangi o‘rinbosari va maslahatchisi uchun.

Foto: Skoda
Surxondaryo viloyat hokimligi 2 dona Skoda Kodiaq Ambition mashinasini sotib oldi. Avtomobillar har biri 347 mln so‘mdan xarid qilingan (1, 2).
Kun.uz hokimlik matbuot kotibi Zahiriddin To‘rayevdan olgan ma’lumotga ko‘ra, xorijda ishlab chiqarilgan mashinalar viloyat hokimining yangi o‘rinbosari va maslahatchisi uchun sotib olinyapti.
To‘rayev ikkala avtomobil ham hukumatning shu yil apreldagi tegishli qarori talablari asosida xarid qilinganini bildirdi.
Shu yil aprel oyida qabul qilingan qarorga asosan, viloyatlar hokimlarining o‘rinbosarlari uchun sotib olinadigan avtomobillarning eng yuqori narxi 1500 BHM deb belgilangan. Bu – hozirgi vaqtda 367,5 mln so‘mni tashkil etadi (1500x245000). Biroq qarorda viloyat hokimlarining maslahatchilari uchun avtomobil sotib olinishi me’yorlari belgilanmagan.
Eslatib o‘tamiz, Kun.uz avvalroq sudyalar uchun 26 ta Skoda Kodiaq va 3 ta Malibu-2 avtomobillari sotib olinayotgani haqida xabar bergandi. Navoiy viloyati hokimligi esa Malibu-2 avtomobilini qonunchilikka zid ravishda xarid qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha muzokaralarning borishini baholadi
Jahon | 13:55
-
Milliy universitet huzurida Nazariy fizika instituti tashkil etiladi
O‘zbekiston | 13:45
-
Hafta davomida harorat pasayib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 13:39
-
Ekvadorning amaldagi prezidenti saylovlarda g‘alaba qozondi
Jahon | 13:35
Mavzuga oid

19:51 / 06.09.2024
O‘zbekistonda hayvonlarni himoya qilishga chorlovchi 224 mln so‘mlik rolik tayyorlanadi. Mablag‘ni xalqaro tashkilot ajratgan

22:16 / 06.10.2023
Mukofot olgan artistlar portalini yaratish uchun budjetdan salkam yarim milliard so‘m sarflanadi

12:55 / 10.12.2022
Murojaatlar ortidagi taqdirlar – imkoniyati cheklangan, yaxshi yashash uchun kuch va iroda topayotgan Izzatullo Kulliyev misolida

13:55 / 18.11.2022