Eron va MAR BMT Bosh Assambleyasida ovoz berish huquqidan mahrum etildi

BMT Bosh Assambleyasida Eron va Markaziy Afrika Respublikasi ikki yil davomida tashkilotga badal pulini to‘lamagani sababli ovoz berish huquqidan mahrum etildi. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning Bosh Assambleya 75-sessiyasi raisi Volkan Bo‘zkirga yuborgan maktubida aytilgan.
Ta'kidlanishicha, badal qiymati mamlakatning aholi jon boshiga daromadi hisobga olingan holda 10 yillik yalpi ichki mahsulot o‘rtacha ko‘rsatkichi va tashqi qarzi bo‘yicha belgilanadi. Ta'kidlanishicha, hisob-kitoblarga ko‘ra, Eron BMTga 16 mln dollardan, MAR esa 29 ming dollardan ko‘proq badal to‘lashi lozim.
Ma'lumotlarga ko‘ra, BMTga a'zo davlatlardan umumiy hisobda 5ta mamlakat – Eron, MAR, Komor orollari, Somali hamda San-Tome va Prinsipi badal to‘lovi bo‘yicha qarzdorlikka ega. Biroq Eron va MARdan tashqari qolgan barcha davlatlar Bosh Assambleyaning 75-sessiyasi oxiriga qadar ovoz berish huquqini saqlab qolgan.
Ta'kidlanishicha, BMTga a'zo davlat qarzdorligi oxirgi 2 yilda to‘lanishi kerak bo‘lgan badal puliga teng bo‘lsa yoki undan oshib ketsa, u Bosh Assambleyada ovoz berish huquqidan mahrum etiladi.
Mavzuga oid

15:49
Bolalar soni eng kam bo‘lgan mamlakatlar ma’lum qilindi

08:43 / 06.07.2025
Xominaiy Isroil bilan urush boshlanganidan beri ilk bor omma oldida ko‘rinish berdi

18:56 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi

21:31 / 03.07.2025