AQSh Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlariga moliyaviy yordamni 788,9 mln dollarga yetkazmoqchi
AQSh hukumati Ukrainaga 255 mln dollar ajratmoqchi. Shu bilan birga, Gruziya – 88 mln, Moldaviya – 47,9 mln, G‘arbiy Bolqon mamlakatlari – 106,2 mln, Markaziy Osiyo mamlakatlari 32,9 mln dollar oladi.

Prezident Jo Bayden boshchiligidagi AQSh ma'muriyati 2022-moliyaviy yilda (1 oktyabrda boshlanadi) Yevropa, Yevrosiyo va Markaziy Osiyo mamlakatlariga davlat departamenti tomonidan ko‘rsatiladigan yordam miqdorini 18,6 mln dollarga oshirib, joriy yildagi 770,3 mln dollardan 788,9 mln dollargacha yetkazmoqchi. Bu haqda TASS AQSh tashqi siyosat mahkamasining budjet taklifiga tayanib xabar bermoqda.
«Dasturlar erkin va rostgo‘y OAV, fuqarolik jamiyati, energetika va infratuzilma, kiberxavfsizlik va iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi», deyiladi hujjatda.
AQSh hukumati Ukrainaga 255 mln dollar ajratmoqchi.
Shu bilan birga, Gruziya – 88 mln, Moldaviya – 47,9 mln, G‘arbiy Bolqon mamlakatlari – 106,2 mln, Markaziy Osiyo mamlakatlari 32,9 mln dollar oladi.
Bundan tashqari, Yevropa va Yevrosiyo mamlakatlariga harbiy ta'lim va tayyorgarlik yo‘nalishida 26,9 mln dollar ajratiladi.
Mavzuga oid

19:14 / 19.04.2025
Ko‘p qutbli dunyoda – Turkiya va turkiy birlik

15:22 / 19.04.2025
Xitoy AQShdan suyultirilgan tabiiy gaz sotib olishni to‘xtatdi

13:03 / 19.04.2025
Safini kengaytirib olgan HAMAS, Ukraina shaharlariga raketa hujumi va Suriyadagi bazalarini yopayotgan AQSh - kun dayjesti

11:33 / 19.04.2025