Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oshdi

Foto: KUN.UZ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasining Kun.uz'ga bergan ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-aprel oylarida 644,4 mlrd so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 82,3 mlrd so‘mga yoki 14,7 foizga oshgan.
Hisobot davrida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning jami sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 11,7 foizni tashkil qilgan.
Hududlar kesimida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi:
- Nukus shahri – 94,2 mlrd so‘m;
- Amudaryo tumani – 23,5 mlrd so‘m;
- Beruniy tumani – 42 mlrd so‘m;
- Bozatao‘ tumani – 3,7 mlrd so‘m;
- Qorao‘zak tumani – 7,7 mlrd so‘m;
- Kegeyli tumani – 21,4 mlrd so‘m;
- Qo‘ng‘irot tumani – 37 mlrd so‘m;
- Qanliko‘l tumani – 47,4 mlrd so‘m;
- Mo‘ynoq tumani – 23,7 mlrd so‘m;
- Nukus tumani – 9,4 mlrd so‘m;
- Taxiatosh tumani – 83,2 mlrd so‘m;
- Taxtako‘pir tumani – 34,3 mlrd so‘m;
- To‘rtko‘l tumani – 46,5 mlrd so‘m;
- Xo‘jayli tumani –49,1 mlrd so‘m;
- Chimboy tumani – 93,3 mlrd so‘m;
- Shumanay tumani – 7,5 mlrd so‘m;
- Ellikqal'a tumani – 20,5 mlrd so‘m.
Mavzuga oid

08:21 / 01.08.2025
Rossiya rasmiylari SSSRdagi kabi oziq-ovqat narxini qat’iy belgilab qo‘ymoqchi

09:21 / 23.07.2025
Elektromobillar savdosining eng katta o‘sishi qaysi hududda qayd etilgani ma’lum bo‘ldi

20:29 / 21.07.2025
Markaziy bank oxirgi bir yilda narxlari eng ko‘p o‘zgargan tovarlarni ma’lum qildi

15:11 / 21.07.2025