YeChL. «Real» va «Manchester Siti» yarimfinalda, «Liverpul» musobaqa bilan xayrlashdi

Foto: Twitter/ChampionsLeague
Yevropa Chempionlar Ligasida chorakfinal bosqichi yakunlandi.
«Real» Angliyada «Liverpul» bilan durang o‘ynadi va Madriddagi g‘alaba evaziga keyingi bosqichga yo‘l oldi. «Manchester Siti» «Borussiya»ni Dortmundda ham mag‘lub etib, o‘z tarixida ikkinchi marta turnir yarimfinaliga chiqdi.
Shu tariqa 1/2 finalda «Real» «Chelsi»ga qarshi, «Manchester Siti» «PSJ» bilan to‘qnash keladi.
YeChL, 1/4 final, 14 aprel
Javob bahslari
Liverpul — Real 0:0
Liverpul – Alisson, Qoboq (Jota, 60), Roberson, Fillips, Aleksander-Arnold, Fabino, Milner (Tiago Alkantara, 60), Mane (Oksleyd-Chemberlen, 82), Veynaldum, Saloh, Firmino (Shakiri, 82).
Real Madrid – Kurtua, Nacho, Mendi, Militao, Valverde, Kroos (Odriosola, 72), Kazemiro, Vinisius Junior (Rodrigo, 72), Modrich, Asensio (Isko, 82), Benzema.
Ogohlantirishlar: Kazemiro (25), Roberson (25), Fillips (59).
Birinchi o‘yin — 1:3.
Borussiya D — Manchester Siti 1:2
Gollar: Bellingem (15) — Mahrez (55, penalti), Foden (75).
Borussiya D – Hits, Morey (Tigges, 81), Akanji, Hummels, Gerreyru, Daud (Azar, 76), Bellingem (Brandt, 81), Knauff (Reyna, 68), Jan, Roys, Holand.
Manchester Siti – Ederson, Stounz, Uoker, Diash, Zinchenko, Foden, de Bryuyne, Bernardu Silva, Rodri, Mahrez (Sterling, 88), Gundo‘g‘an.
Ogohlantirish: Bellingem (39).
Birinchi o‘yin — 1:2.
Mavzuga oid

12:08 / 13.04.2025
«Siti»da superkambek, «Barsa» nursiz o‘yinida ham g‘alaba qozondi. Kun o‘yinlari

12:32 / 07.04.2025
Shomurodov «Roma»ni qutqardi, «Liverpul» yutqazdi. Kun o‘yinlari

16:52 / 04.04.2025
De Bryuyne «Siti»dan ketayotganini e’lon qildi

02:38 / 03.04.2025