Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesi Prezidiumi qaroriga asosan Sabit Ibadullayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirininig birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Sabit Oserbayevich tayinlovga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Ma'lumot uchun, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Shariyar Yelmuratov Prezident Administratsiyasining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamentining yetakchi inspektori lavozimiga tayinlangandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Umar Saburov lavozimidan ozod qilinib, o‘rniga Yuldash Alimov vazir qilib tayinlangandi.
Mavzuga oid

08:14 / 11.04.2025
Qoraqalpog‘istonda Isuzu va DAF yuk mashinalari to‘qnashdi

13:26 / 08.04.2025
Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi quriladi

20:29 / 06.04.2025
Qoraqalpog‘istonda ilk bor ochiq osmon ostida konsert tashkil etildi

12:33 / 03.04.2025