Xayrullo Bozorov: Qirg‘iz prezidenti samolyotdan tushiboq O‘zbekiston bilan endi mutlaqo boshqacha munosabatda bo‘lamiz debdi

Bugungi videoselektor yig‘ilishida Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ham so‘zga chiqdi va Rishton-So‘x yo‘li ochilishiga to‘xtaldi.
«Bugun Rishton-So‘x yo‘li ochilishida ishtirok etdim. Aholi qanday xursandligini so‘z bilan ta'riflab bera olmayman. Hamma yig‘layapti. Odamlar necha yillik muammo yechilgani uchun prezidentimizga rahmat aytyapti.
So‘zga chiqqan qirg‘iz gubernatori ham «Biz juda ko‘p vaqtni bekorga o‘tkazibmiz» dedi.
Gubernatorning aytishicha, Qirg‘iz prezidenti samolyotdan tushiboq hammani to‘plab tayinlabdi, endi O‘zbekiston bilan munosabatlarimiz butunlay boshqacha bo‘ladi, hammasini yangidan boshlaymiz, debdi. Qirg‘izistonlik qardoshlar ham ikki tomonlama uchrashuvlardan juda xursand», – deya hokimning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Eslatib o‘tamiz, qo‘shni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 11-12 mart kunlari O‘zbekistonga tashrif bilan keldi. Keyinroq 24-25 mart kunlari O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha qirg‘iz hukumati delegatsiyasi ham Toshkentda bo‘ldi.
Ushbu tashrif yakunida O‘zbekiston va Qirg‘iziston bahsli chegara hududlarni xatlovdan o‘tkazishga kelishib olgan.
Mavzuga oid

21:12 / 07.06.2025
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Atambayev Xalqaro sudda javob berishga tayyorligini bildirdi

17:34 / 07.06.2025
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida Lenin haykali olib tashlandi

15:32 / 05.06.2025
O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston yo‘lagida birinchi marta yuk tashildi

22:17 / 03.06.2025