Bayden Fors ko‘rfazi hududidagi AQSh qo‘shinlarining bir qismini olib chiqib ketishni buyurdi – OAV
Patriot zenit raketa majmualarining uchta batareyasi olib ketilgan bo‘lib, ulardan biri Saudiya Arabistonidagi Shahzoda Sulton aviabazasiga joylashtirilgan.

Foto: Getty Images
AQSh prezidenti Jo Bayden Pentagonga Fors ko‘rfazi hududidagi Amerika harbiylari va qurollarining bir qismini olib chiqib ketish topshirig‘ini berdi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi xabar qildi.
Gazetaning ma'lumot berishicha, Patriot zenit raketa majmualarining uchta batareyasi olib ketilgan bo‘lib, ulardan biri Saudiya Arabistonidagi Shahzoda Sulton aviabazasiga joylashtirilgan.
Bundan tashqari, aviatashuvchi kema va razvedka tizimlari ham boshqa hududlarga ko‘chiriladi.
Gazetaning yozishicha, bu biroz vaqtdan so‘ng bir necha ming nafar amerikalik harbiy mintaqani tark etishi mumkinligini anglatadi.
Mavzuga oid

15:06
WSJ: Pentagon yillar davomida NUJ haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatib kelgan

22:08 / 07.06.2025
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi

20:05 / 07.06.2025
AQSh startapi bo‘lajak farzandning ko‘z rangi, bo‘yi va aql darajasini tanlashni taklif qildi

19:30 / 07.06.2025