YouTube’dan koronavirusga qarshi emlash haqida yolg‘on axborot saqlagan 30 ming video o‘chirildi

Foto: Depositphotos
YouTube’dan oxirgi 5 oy davomida koronavirusga qarshi emlash haqida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yoki davlatlarning sog‘liqni saqlash tizimlari rasmiy ma'lumotlariga zid axborotga ega 30 mingdan ko‘proq video o‘chirib tashlandi.
YouTube vakili Yelena Ernandesning Axios portaliga xabar berishicha, o‘chirilgan videolar orasida koronavirusga qarshi vaksina odamni o‘ldirishi yoki bepushtlik keltirib chiqarishi mumkinligi, yoki emlash ostida odamlarga mikrochiplar kiritilayotgani ta'kidlangan videolar bor. Ernandesning ma'lum qilishicha, pandemiya boshlangan 2020 yil fevralidan beri videoportaldan umumiy hisobda koronavirus haqida xavfli yoki yanglishtiruvchi axborot saqlagan 800 mingdan ko‘proq video o‘chirib tashlangan.
Mavzuga oid

11:37 / 31.05.2025
YouTube monetizatsiyasi o‘zbekistonliklar daromadini yiliga 50 mln dollarga oshirishi mumkin. Bunga nima xalal beryapti?

10:48 / 24.04.2025
YouTube'dagi birinchi video 20 yoshga to‘ldi

17:41 / 14.04.2025
YouTube qisqa videolarni o‘z o‘ziga taqiqlash funksiyasini sinovdan o‘tkazadi

15:38 / 24.12.2024