«Narxoz»ga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 15 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi
U Bosh prokuratura huzuridagi departament, DXX va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, ushbu shaxs boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilgan. Faqat bu «xizmat» 15 ming dollarga tushishini ma'lum qilgan.
U 15 ming dollarni sanab olayotgan vaqtda Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan DXX va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
«Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda», deyiladi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabarida.
Avvalroq, 2700 dollar evaziga Chimkent shahridagi oliy ta'lim muassasasining iqtisodiyot yo‘nalishiga, 3500 dollar evaziga Buxoro davlat universitetiga, 6000 dollar evaziga Samarqand davlat chet tillar institutiga, 4300 dollar evaziga Andijon davlat universitetining «Jismoniy tarbiya va sport» fakultetiga, 5000 dollar evaziga Qarshi davlat universitetiga, 12 000 dollar evaziga Samarqand tibbiyot institutiga, 8 000 dollar evaziga O‘zbekiston Milliy universitetiga, 5000 dollar evaziga Qo‘qon davlat pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olingan edi.
Mavzuga oid

15:27
Xorazmda qishloq xo‘jaligi bo‘limi mas’ul xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

17:38 / 05.06.2025
Toshkentda o‘zini IIV mansabdori sifati tanishtirib, pul undirmoqchi bo‘lgan advokat ushlandi

09:25 / 05.06.2025
Yer maydonlarini 500 ming dollardan ortiq mablag‘ga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

10:45 / 04.06.2025