Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uchqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i o‘zgardi
Namangan viloyati IIBdagi mulozimlardan biri tuman darajasiga tushirildi.
Podpolkovnik Bositxon Abdirayimovich Qosimov Uchqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tayinlovga qadar B.Qosimov Namangan viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Uchqo‘rg‘on tumani IIBga 2017 yil aprelidan buyon podpolkovnik Dilshodbek Saydullayevich To‘rayev rahbarlik qilib kelayotgandi.
Bundan avvalroq Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Mahkam Vafoyev Olmazor tumani IIB boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, prezidentning Namangan viloyatiga safari davomida Uychi tumani rahbarlari, shu jumladan, tuman IIB boshlig‘i Avazbek Xo‘jaxonov ishdan olingandi.
Mavzuga oid

12:03 / 18.07.2025
Anvar O‘rmonov Toshkent shahri prokurori v.b bo‘lgan

19:22 / 14.07.2025
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

19:15 / 14.07.2025
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

18:40 / 14.07.2025