Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Ilhom Muxtorov Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 16 fevral kuni prezidentning shu haqdagi qarori imzolangan.
Ilhom Muxtorovich Muxtorov shu kunga qadar qo‘mitada Davlat bojxona qo‘mitasi Xavflarni monitoring qilish va baholash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
U 2020 yil yanvarida prezident tomonidan «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.
Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida 2019-2020 yillarda Anvar Asamov ishlagan. U 2020 yil noyabrida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosarligiga o‘tkazilgach, DBQ raisi birinchi o‘rinbosari lavozimi bo‘sh qolayotgandi.
Mavzuga oid

12:03 / 18.07.2025
Anvar O‘rmonov Toshkent shahri prokurori v.b bo‘lgan

19:22 / 14.07.2025
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

19:15 / 14.07.2025
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

18:40 / 14.07.2025