Do‘stlik tumaniga yangi hokim tayinlandi
Bugun, 16 fevral kuni xalq deputatlari Jizzax viloyati Do‘stlik tuman Kengashining navbatdan tashqari 19-sessiyasi o‘tkazildi. Unda prezident maslahatchisining o‘rinbosari Umar Ismailov va viloyat hokimi Ergash Saliyev ishtirok etdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Viloyat hokimi Ergash Saliyev tuman hokimi lavozimiga Shavkat To‘rayevich Darvishev nomzodini tavsiya qildi. Deputatlar nomzodni bir ovozdan ma'qulladi.
Shavkat Darvishev tayinlovga qadar viloyat Moliya bosh boshqarmasi rahbari sifatida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Do‘stlik tumanining sobiq hokimi Ulug‘bek Uzoqov yanvar oyi oxirida Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Mavzuga oid

15:25 / 02.06.2025
Ayrim sudyalar vakolati muddati davriga qayta tayinlandi

12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025