Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odil Ahmedov O‘zbekiston milliy jamoasining Dubaydagi yig‘inida ishtirok etmaydigan bo‘ldi
Dubay amirligida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini boshlagan O‘zbekiston milliy jamoasi tarkibida o‘zgarish kuzatildi.

O‘FA matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Odil Ahmedov «Tianjin Teda» klubi tomonidan Xitoy mamlakatiga chaqirilganligi sababli, u O‘zbekiston milliy jamoasi yig‘inida qatnasha olmaydigan bo‘ldi. «Lokomotiv» klubi hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov esa Turkiyadan BAAga kelib milliy jamoa ixtiyoriga qo‘shildi.
Vadim Abramov murabbiyligidagi milliy jamoamiz bugun, 9 fevral kuni tongda sohil bo‘yida tiklanish mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.
Ma'lumot o‘rnida, O‘zbekiston milliy jamoasi Dubayda 12 fevral kuni «Zenit», 15 fevralda Iordaniya milliy jamoasi, 17 fevral kuni esa «Shaxtyor» Soligorskka qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushadi. Vadim Abramov boshqaruvidagi jamoa 18 fevral kuni Toshkentga qaytadi.
Mavzuga oid

22:44 / 16.07.2025
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin

18:31 / 30.06.2025
Hirosimadan Abu Dabigacha. O‘zbek futboli tarixidagi 10 ta muhim g‘alaba

16:12 / 14.06.2025
Jahon chempionatiga chiqish O‘zbekistonga qancha daromad keltiradi?

00:13 / 11.06.2025