La Liga. «Barselona» «Klasiko»da g‘alaba qozonib, 2-o‘ringa ko‘tarildi

Foto: Twitter/LaLiga
Ispaniya chempionatining 21-turida «Barselona» o‘z maydonida Bilbaoning «Atletik» klubini qabul qildi. «Klasiko»da mezbonlar Messi va Grizmanning gollari evaziga g‘alaba qozonishdi.
«Barselona» ochkolarini 40taga yetkazdi va to‘plar nisbatiga ko‘ra «Real»ni ortda qoldirib, 2-o‘ringa chiqib oldi. «Atletik» 24 ochko bilan 11-pog‘onada qoldi.
La Liga, 21-tur
Barselona — Atletik Bilbao 2:1
31 yanvar, «Kamp Nou»
Gollar: Messi (20), Grizmann (75) — Alba (49, avtogol).
Barselona – ter Stegen, Alba, Umtiti, Mingesa, Arauxo, Pyanich (Serji Roberto, 67), de Yong, Pedri, Dembele (Breytueyt, 87), Grizmann (Langle, 84), Messi.
Atletik – Unai Simon, Berchiche, Kapa (Lekue, 84), Martines, De Markos (Berenger, 67), Raul Garsiya, Dani Garsiya, Muniain, Vensedor (Vesga, 66), Yyeray Alvares, Uilyams (Vilyalibre, 84).
Ogohlantirishlar: Raul Garsiya (32), Yyeray Alvares (39), de Yong (47), Alba (50), Kapa (77).
Mavzuga oid

10:13 / 16.04.2025
«Barsa»da yilning eng yomon o‘yini, «PSJ» ham zo‘rg‘a yarimfinalga chiqdi

12:08 / 13.04.2025
«Siti»da superkambek, «Barsa» nursiz o‘yinida ham g‘alaba qozondi. Kun o‘yinlari

02:04 / 10.04.2025
«Barselona» «Borussiya»ga 4 ta gol urdi, «PSJ»da ham ishonchli g‘alaba

12:41 / 06.04.2025