Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva ixtisoslashgan maktab-internatlarning barcha o‘quvchilari uchun aksiya e'lon qildi
Saida Mirziyoyeva ixtisoslashgan maktab-internatlarning barcha o‘quvchilari uchun aksiya e'lon qildi. Bu haqda Mass-media fondi vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Gender tengligini ta'minlash bo‘yicha komissiyasi a'zosi Telegram’dagi kanalida xabar berdi.

«Ko‘ngil ko‘zi» Yangi yil xayriya aksiyasi doirasida uch mingdan ortiq ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi.
«Bizning tomonimizdan tekshiruv natijasiga ko‘ra ko‘rishni yaxshilash imkoni mavjudligi aniqlangan har bir bolaga yordam ko‘rsatiladi», deya o‘z telegram kanalida ta'kidladi Saida Mirziyoyeva.
Ma'lumot uchun: «Ko‘ngil ko‘zi» xayriya aksiyasi 2019 yilning mart oyida o‘z faoliyatini boshlagan. U ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar ta'limi, ularning ma'naviy va ruhiy rivojlanishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, kelgusi hayotga va jamiyatga moslashishi uchun yo‘naltirilgan.
Loyiha doirasida brayl shriftida darslik nashr etish yo‘lga qo‘yildi, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar ehtiyojlariga ixtisoslashtirilgan kompyuter markazi yaratildi, barcha maktab-internatlarning texnik bazasi rivojlantirildi va qo‘yilgan maqsadga erishish uchun boshqa kichik loyihalar amalga oshirildi.
Mavzuga oid

16:12 / 24.07.2025
“Siz xalqimiz uchun yashayapsiz” - Saida Mirziyoyeva Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

20:03 / 07.07.2025
Saida Mirziyoyeva Zoyid nomidagi xalqaro mukofotning hakamlar hay’atiga kiritildi

19:53 / 27.06.2025
Saida Mirziyoyeva Fitch O‘zbekiston kredit reytingini oshirganini e’tirof etdi

18:10 / 27.06.2025