Ozarboyjonda Qorabog‘ uchun janglardagi G‘alaba kuni ta'sis etildi
Ozarboyjon Tog‘li Qorabog‘ ixtilofidagi g‘alaba kunini nishonlaydigan bo‘ldi. Endilikda respublikada Qorabog‘dagi jangovar harakatlar yakunlangan kun G‘alaba kuni, ular boshlangan kun esa Halok bo‘lganlar xotirasi kuni sifatida nishonlanadi.

Foto: EPA
G‘alaba kunining ta'sis etilishi haqidagi farmonni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev 2 dekabrda imzoladi. Endilikda ushbu kun har yil Tog‘li Qorabog‘dagi janglar yakunlangan kun – 10 noyabrda nishonlanadi.
“Ozarboyjon Respublikasida har yil 10 noyabr G‘alaba kuni sifatida tantanali nishonlansin”, deb buyurilgan farmonda.
Hujjatda ta'kidlanishicha, Qorabog‘da 44 kun davom etgan janglar davomida Ozarboyjon armiyasi nazoratiga 300dan ko‘proq aholi punkti va bir qator strategik tepaliklar o‘tgan. Jumladan, Ozarboyjonning harbiy g‘alabalari Armanistonni Kelbajar, Ag‘dam va Lochin tumanlarini qaytarib berishga majbur qilgan.
Shu bilan birga, Tog‘li Qorabog‘da jangovar harakatlar boshlangan kun, ya'ni 27 sentyabr Qorabog‘ urushida halok bo‘lganlar xotirasi kuni sifatida nishonlanadi.
Mavzuga oid

07:47 / 25.06.2025
Ilhom Aliyev Armanistonni harbiy jinoyatlarda aybladi

12:59 / 24.06.2025
Bokuda Aliyevni tanqid qilgan siyosatshunos «davlatga xiyonat»da ayblanib 15 yilga qamaldi

13:20 / 21.06.2025
Ozarboyjonda yetti nafar jurnalist uzoq muddatga qamaldi

12:10 / 03.06.2025