Atamboyevning ishi qayta ko‘rib chiqish uchun sudga yuborildi
Almazbek Atamboyev Aziz Batukayev ishi bo‘yicha 11 yil ikki oyga ozodlikdan mahrum qilingan.

Foto: Reuters
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevga oid jinoyat ishi qayta ko‘rib chiqish uchun Oliy sud tomonidan quyi instansiyaga yuborildi. Bu haqda mamlakat Oliy sudi matbuot xizmati xabar berdi.
"2020 yil 30 noyabr kuni Oliy sud kriminal avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ikkita quyi instansiyaning hukmlarini bekor qildi va uni qaytadan ko‘rib chiqish uchun Bishkekning Pervomayskiy rayoni sudiga yubordi", - deyiladi xabarda.
Atamboyev mazkur ish bo‘yicha 11 yil ikki oyga ozodlikdan mahrum qilingan.
2013 yilda 16 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan Batukayev muddati yakunlanmay turib ozodlikka chiqarilgan. Atamboyev prezidentlikdan ketgach, bu ish borasida tekshiruv boshlandi. Atamboyev aybini tan olmagach, harbiylar uning uyiga bostirib kirib, qo‘lga olishgandi.
Mavzuga oid

13:40 / 16.04.2025
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarada erkin savdo zonalari tashkil etishni rejalashtirmoqda

16:50 / 15.04.2025
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti uchun 11 yil qamoq jazosi so‘raldi

15:04 / 14.04.2025
Qirg‘iziston Rossiya elchisidan Moskvadagi fuqarolari tahqirlangani yuzasidan izoh talab qildi

14:55 / 12.04.2025