Aksilkorrupsiya agentligiga qaysi masalalarda eng ko‘p murojaat tushayotgani ma'lum bo‘ldi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarning aksari – sud-huquq sohasidagi muammolar va mahalliy hokimliklar mansabdorlari ustidan shikoyatlardir.

Illyustrativ foto
Agentlik vakilining Kun.uz'ga taqdim etgan oktyabr oyi hisobotiga ko‘ra, oktyabr oyida idoraga fuqarolardan jami 275 ta murojaat kelib tushgan.
Murojaatlarda eng ko‘p ko‘tarilgan masalalar quyidagilar bo‘lgan:
- sud qarorlaridan noroziliklar – 20,4 foiz;
- mahalliy hokimliklar mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar – 7,6 foiz;
- yer maydoni ajratilmayotgani, yer nizolari va yer maydonlari talon-taroj bo‘layotgani bo‘yicha – 6,2 foiz;
- firibgarlik jinoyatlari yuzasidan – 5,5 foiz;
- prokuratura qarorlaridan noroziliklar va prokuratura organlariga qilingan murojaatlar hal bo‘lmayotgani bo‘yicha – 5,1 foiz;
- sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunbuzilish holatlari va tibbiyot xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan – 5,1 foiz.
Avvalroq agentlik korrupsiya sabab chet davlatlarga chiqib ketgan aktivlarni qaytarish bo‘yicha Buyuk Britaniya amaliyotini o‘rganayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

16:44 / 04.06.2025
Samarqandda 19 nafar hokim yordamchisi jinoiy javobgarlikka tortildi

15:13 / 02.06.2025
“Afrikaning ayrim mamlakatlaridan ham orqadamiz” - senator odil sudlov masalasida

18:39 / 31.05.2025
Istanbul meriyasining 30 nafardan ortiq xodimi hibsga olindi

17:29 / 23.05.2025