Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Turkiya Qorabog‘ masalasida turlicha qarashlarga ega - Peskov
Peskov Tog‘li Qorabog‘da Turkiya tinchlikparvar kuchlari joylashtirilishi uchun Yerevan va Bokuning roziligi lozimligini qayd etdi.

Foto: DPA
Tog‘li Qorabog‘ nizosini hal qilish borasida Rossiya va Turkiya turlicha qarashlarga ega, dedi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, YeIning qator mamlakatlari, BMT va Rossiya nizoni siyosiy-diplomatik usullar bilan hal qilish tarafdori, "Turkiya esa boshqacha nuqtai nazarda".
U Tog‘li Qorabog‘da tinchlikparvar kuchlar faqat rossiyaliklar bo‘lishini ta'kidladi.
"Tinchlikparvar kuchlar sifatida faqat rossiyaliklar faoliyat ko‘rsatadi, turkiyalik harbiylar bilan hamkorlik esa faqat Ozarboyjon hududida joylashgan monitoring markazi doirasida bo‘ladi", - dedi Peskov.
U Tog‘li Qorabog‘da Turkiya tinchlikparvar kuchlari joylashtirilishi uchun Yerevan va Bokuning roziligi lozimligini qayd etdi.
CNN Turk telekanalining xabar berishicha, Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar Anqara Tog‘li Qorabog‘da tinchlik kelishuviga amal qilinishini kuzatish va nazorat qilish uchun o‘z tinchlikparvar kuchlarini yuborishini ma'lum qilgan.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish rejimini nazorat va monitoring qilish bo‘yicha Turkiya-Rossiya markazini tashkil etish to‘g‘risida bayonnoma imzolanganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

08:43 / 05.08.2025
O‘zbekiston va Turkiya Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni muhokama qildi

21:14 / 03.08.2025
Turkiyadan Suriyaga tabiiy gaz yetkazib berish boshlandi

18:30 / 03.08.2025
O‘rta Yer dengizi uzra maroqli sayr, afsonaviy qal’aga sayohat: Turkiyaning Alanya shahridan fotoreportaj

23:20 / 30.07.2025