O‘zbekiston | 00:23 / 04.11.2020
14328
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent tibbiyot akademiyasi sobiq rektori prezident maslahatchisining o‘rinbosari sifatida ish boshlaydi

2016 yildan buyon Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori vazifasida ishlab kelgan To‘ychiyev Laziz Nodirovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari vazifasiga tayinlandi.

Tibbiyot fanlari doktori, professor Laziz To‘ychiyev bundan avval Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti direktori va sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari kabi mas'ul lavozimlarda ishlagan. 2020 yilda «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori etib sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida ishlab kelgan Alisher Shodmonov tayinlandi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, Shodmonovga akademiyani kelajakda sohada rejalashtirilgan islohotlarga lokomotiv vazifasini bajaradigan o‘quv yurtiga aylantirish, akademiya misolida milliy tibbiy ta'limni xalqaro miqyosga ko‘tarish kabi muhim vazifalar yuklatilgan.

  • 3 noyabr kuni, shuningdek, prezidentning yoshlar, fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Amrillo Inoyatov sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
  • O‘z navbatida, vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida mehnat qilgan Abduhakim Hojiboyev sog‘liqni saqlash vaziri sifatida ish boshladi.

Mavzuga oid