Kot-d'Ivuar aholisi prezident saylovidan so‘ng zo‘ravonliklardan xavfsirab mamlakatni tark etmoqda
2 noyabr holatiga ko‘ra. 3200dan ortiq ivuarliklar Liberiya, Gana va Togoga qochib o‘tgan.

Foto: Unocha.org
Bir necha ming kishi 31 oktyabrda o‘tkazilgan prezident saylovidan so‘ng zo‘ravonliklardan xavfsirab Kot-d'Ivuardan qo‘shni mamlakatlarga qochib o‘tdi. Bu haqda BMTning qochoqlar ishlari bo‘yicha agentligiga tayanib Anadolu xabar berdi.
"2 noyabr holatiga ko‘ra. 3200dan ortiq ivuarliklar Liberiya, Gana va Togoga qochib o‘tgan", - deyiladi BMT bayonotida.
Kot-d'Ivuarda mamlakat prezidenti Alassan Uattaraning o‘z nomzodini uchinchi marta ilgari surish qaroridan so‘ng muxolifat boykot qilishga chaqirgan saylov vaqtida va saylovdan so‘ng bir necha kishi o‘ldirilgan.
Uattara saylovda rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 94 foiz ovoz olgan.
Kot-d'Ivuarda 2010 yilda o‘tkazilgan va Uattara g‘olib bo‘lgan saylovdan keyin ham zo‘ravonliklar kuzatilgandi. O‘shanda yuz bergan to‘qnashuvlar davomida 3000ga yaqin kishi o‘ldirilgan.
Mavzuga oid

10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi

15:47 / 18.10.2021
MSK 3 kun davomida qancha saylovchi muddatdan avval ovoz berganini ma'lum qildi

12:39 / 18.10.2021
O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlarning ishonchli vakillari o‘rtasida teledebat o‘tkaziladi

11:31 / 18.10.2021