Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni 1 noyabrdan boshlab xorij fuqarolarining Umra ziyoratiga ruxsat berdi
Fuqarolari Umra ibodatini ado etishiga ruxsat beriladigan mamlakatlar ro‘yxati hozircha e'lon qilinmadi.

Foto: AFP / Getty Images
Saudiya Arabistonida salkam 8 oylik tanaffusdan so‘ng xorij fuqarolarining Umra ibodatlarini ado etishiga ruxsat berilmoqda. Shu kunlarda qirol Abdulaziz nomidagi Jidda xalqaro aeroporti Haj va Umra uchun mo‘ljallangan terminalini qayta ishga tushirishga tayyorlamoqda.
Okaz gazetasi xabariga ko‘ra, aeroportning maxsus terminalida koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha ehtiyot choralari ko‘rilmoqda.
Terminal hududida qarshi tomonga ketayotgan odamlar yuzma-yuz kelmasligini ta'minlash uchun bir tomonlama harakatlanish tashkil etilyapti, ijtimoiy masofa saqlashni ta'minlashga qaratilgan ishlar bajarilyapti.

Foto: AP
Xorij fuqarolari Umra maqsadida 1 noyabrdan boshlab Saudiya Arabistoniga kirishi mumkin bo‘ladi. Aynan qaysi mamlakat fuqarolariga ruxsat berilishi hali noma'lum, rasmiylar bu haqda tez orada ma'lumot taqdim etilishini bildirgan.
Umra ziyoratlarini qayta yo‘lga qo‘yish uch bosqichda amalga oshirilmoqda. 4 oktyabrdan boshlangan birinchi bosqichda kuniga 6 ming nafargacha mahalliy fuqarolar va rezidentlarga ibodat amallarini ado etishga ruxsat berilgandi. 18 oktyabrdan boshlab bu kunlik cheklov 15 mingga oshirildi. Birinchi noyabrdan e'tiboran amal qiladigan 3-bosqichda kuniga 20 ming ziyoratchi muqaddas amallarni bajarishi mumkin bo‘ladi.
Islom dunyosining bosh masjidi – Makka shahridagi Masjidul-harom oktabr oyi o‘rtalarida karantindan so‘ng qayta ochildi. 1 noyabrdan unga kuniga 60 ming nafargacha musulmon kirishi mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid

08:47
O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmon ayollari birinchi forumi o‘tkaziladi

13:47 / 20.07.2025
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi

20:51 / 19.07.2025
Saudiya Arabistoni xorijliklarga ko‘chmas mulk sotib olish shartlarini yengillashtiradi

15:19 / 15.07.2025