Pompeo Saudiya Arabistonini Isroil bilan munosabatlarni normallashtirishga chaqirmoqda
Amerika Qo‘shma Shtatlari Fors ko‘rfazining BAA va Bahrayndan boshqa mamlakatlarini Isroil bilan o‘xshash kelishuvlarni o‘rnatishga undamoqda.

Foto: Reuters
AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Saudiya Arabistonini Isroilni tan olishga chaqirdi. Isroil davlati uchun ikki arab podshohligi bilan normallashuvga erishuv strategik rivojlanishga katta xizmat qiladi.
Tashqi siyosatini Saudiya Arabistoni bilan qat'iy muvofiqlashtiradigan Bahrayn va Birlashgan Arab Amirliklari 15 sentabr kuni Oq uyda Isroil bilan «Ibrohim kelishuvi» deb nomlangan shartnomani imzolashgandi. O‘z navbatida, Falastin rasmiylari bu normallashtirishni «Falastin xalqining orqasidan xanjar urish» deb baholagan.
Chorshanba kuni Vashingtonda (Saudiya Arabistoni) tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon bilan uchrashuvda Pompeo ushbu kelishuv «mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik bo‘yicha umumiy maqsadlarga katta hissa qo‘shgani» haqida ta'kidladi.
«Ular mintaqadagi o‘zgaruvchan dinamikani aks ettiradi. Bunda mamlakatlar Eron ta'siriga qarshi turish va farovonlik yaratish uchun mintaqaviy hamkorlik qilish zarur ekanligini tan oladilar. Umid qilamizki, Saudiya Arabistoni ham o‘z munosabatlarini normallashtirish haqida o‘ylab ko‘radi. Biz ularga shu paytgacha «Ibrohim kelishuvi»ni amalga oshirishda ko‘rsatgan yordamlari uchun minnatdorchilik bildirmoqchimiz», degan Pompeo.
Shuningdek, Pompeo Saudiya Falastin rahbarlarini yoki Falastin ma'muriyatini (PA) Isroil bilan muzokaralar olib borishga undashiga umid qilishini qo‘shimcha qilgan.
Mavzuga oid

13:53 / 07.06.2025
2025 yilgi Haj mavsumi: 1,6 million ziyoratchi va oqimning kamayishi sabablari

15:21 / 06.06.2025
Germaniyada faollar Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatishni talab qildi

15:00 / 05.06.2025
Ispaniya Isroil bilan raketalar yetkazib berish bo‘yicha shartnomani to‘xtatdi

14:25 / 05.06.2025