YeI Lukashenkoga sanksiyalar bilan tahdid qilmoqda
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari agar Belarusda vaziyat yaxshilanmasa Lukashenkoga qarshi sanksiyalar e'lon qilishga kelishib olishdi. Kelishuvga ko‘ra, YeI Belarus bilan hamkorlikni to‘xtatadi va norozilik harakatlariga qo‘shimcha yordam ko‘rsatadi.

VALERY SHARIFULLIN\TASS
Manbalar ma'lumotiga ko‘ra, YeI Belarusdagi 40 nafar mansabdorga ittifoq hududiga kirishni taqiqlab, ularning aktivlarini muzlatgan.
YeI avvalroq belaruslik mansabdorlarga qarshi sanksiya e'lon qilgan, ammo Lukashenko qora ro‘yxatga kiritilmagandi, ittifoqdagilar u muxolifat vakillari bilan muloqot o‘rnatishiga umid qilishgandi.
Ammo yakshanba kuni Minskda politsiya namoyishchilarga yana kuch ishlatdi - namoyishchilar vodomyotlar va shovqinli granatalar bilan tarqatildi, yuzlab namoyishchilar qo‘lga olindi va bu ittifoqdagilarning «sabr kosasini to‘ldirgan».
«Lukashenko rejimining zo‘ravonligi davom etmoqda, tinch namoyishchilar hibsga olinmoqda. Biz bu masala bo‘yicha qaror qabul qilishimiz kerak», degan Lyuksemburgdagi uchrashuvda Germaniya tashqi ishlar vaziri Xeyko Maas.
«Men yangi sanksiyalar paketini ishlab chiqishni taklif etaman. Bu Lukashenkoga ham taalluqli bo‘lishi kerak», deya qo‘shimcha qilgan Maas.
Sentabr oyida Yevropa parlamenti Lukashenkoni prezident deb tan olmagan va Rossiyaning Belarus ishlariga aralashuvini qoralagandi.
Mavzuga oid

14:51 / 19.04.2025
Zelenskiy rossiyalik artistlar va sportchilarga nisbatan sanksiyalar joriy qildi

11:11 / 12.04.2025
Zelenskiy rossiyalik targ‘ibotchilarga qarshi sanksiyalar joriy qildi

13:55 / 11.04.2025
2024 yilda Rossiyaga sanksiya ostidagi tovarlarni olib kirish keskin kamaydi

17:39 / 03.04.2025