Millatlar ligasi. Ispaniya Shveytsariyani mag‘lub etdi, Ukraina Germaniyaga yutqazdi va boshqa natijalar

10 oktabr, shanba kuni UYeFA Millatlar ligasi 3-turi doirasidagi dastlabki uchrashuvlar o‘tkazildi.
Ispaniya milliy jamoasi Shveytsariya bilan bahsda Jakaning xatosidan keyin Oyarsabal tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g‘alaba qozongan bo‘lsa, Ukraina milliy jamoasi Kiyevda nemislarga yutqazib qo‘ydi. Ginter va Goretskaning gollariga Malinovskiy bitta gol bilan javob qaytara oldi – 1:2.
Ispaniya milliy jamoasi Shveytsariya ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin «A» liga 4-guruhda 7 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qolgan bo‘lsa, Germaniya 5 ochko bilan 2-o‘ringa chiqib oldi. Ukraina va Shveytsariya 3-4-o‘rinlarda qolishdi.
UYeFA Millatlar ligasi. 3-tur
Ispaniya – Shveytsariya 1:0
Gol: 1:0 – 14 Oyarsabal.
Ispaniya – De Xea, Pau Torres, Navas, Ramos, Gayya, Ferran Torres (Rodri, 88), Merino, Oyarsabal (Jyerar Moreno, 73), Olmo (Kanales, 57), Fati (Traore, 57), Buskets.
Shveytsariya – Zommer, Vidmer (Gavranovich, 86), Elvedi, Rodriges, Benito (Tsuber, 81), Jaka, Sou (Vargas, 60), Froyler (Fernandesh, 86), Sher, Seferovich, Mehmedi (Shaqiri, 60).
Ukraina – Germaniya 1:2
Gollar: 0:1 – 20 Ginter, 0:2 – 49 Goretska, 1:2 – 76, penalti Malinovskiy.
Ukraina – Bushan, Mikolenko, Karavayev, Zabarniy, Sobol, Kovalenko (Shaparenko, 77), Malinovskiy, Tsigankov (Zubkov, 69), Sidorchuk (Makarenko, 84), Yarmolenko (Marlos, 69), Yaremchuk.
Germaniya – Noyyer, Klostermann, Ryudiger, Ginter, Xalstenberg, Draksler (Verner, 80), Kroos, Goretska, Kimmix, Gnabri, Zyule.
Chernogoriya – Ozarboyjon 2:0
Gollar: 1:0 – 9 Yovetich, 2:0 – 71 Ivanovich.
Lyuksemburg – Kipr 2:0
Gollar: 1:0 – 12 Sinani, 2:0 – 26 Sinani.
Lixtenshteyn – Gibraltar 0:1
Gol: 0:1 – 10 De Barr.
Farer orollari – Latviya 1:1
Gollar: 0:1 – 25 Ikauniyeks, 1:1 – 28 Fere.
Andorra – Malta 0:0.
Mavzuga oid

10:24 / 06.06.2025
Ispaniya va Fransiya o‘yinida 9 ta gol urildi

09:36 / 05.06.2025
40 yoshli Ronaldu Portugaliyani Millatlar ligasi finaliga olib chiqdi

12:25 / 24.03.2025
Ronaldu Hoylundga javob qaytardi, Italiyaga dahshatli kambek ham yordam berolmadi. Yevropada dramatik o‘yinlar

10:44 / 17.11.2024