Turkiya tashqi ishlar vaziri Bokuga keldi
Avvalroq Turkiya TIV Mavlut Chovusho‘g‘lu Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni muhokama qilishi to‘g‘risida xabar bergandi.

Foto: Reuters
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu tashrif bilan Bokuga keldi.
"Bokudamiz", - deb yozdi Chovusho‘g‘lu Twitter sahifasida.
Avvalroq Turkiya TIV Chovusho‘g‘lu Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni muhokama qilishi to‘g‘risida xabar bergandi.
Turkiya Tog‘li Qorabog‘ mojarosida Ozarboyjonni qat'iy qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
«AQSh, Rossiya va Fransiya qariyb 30 yil mobaynida bu muammoni e'tiborsiz qoldirib kelganini inobatga olsak, ular o‘t ochishni to‘xtatish yo‘llarini izlashda ishtirok etishlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi», degan Turkiya parlamentida chiqish qilgan Erdo‘g‘an. U tinchlik faqat«arman bosqinchilari» Tog‘li Qorabog‘ni tark etganidagina o‘rnatilishini aytib o‘tgan.
Tog‘li Qorabog‘dagi to‘qnashuvlar 27 sentyabrda boshlandi. Boku arman harbiylari Ozarboyjon pozitsiyalarini o‘qqa tutganini ma'lum qildi va qarshi hujum e'lon qildi. Yerevan esa Ozarboyjon Tog‘li Qorabog‘ga hujum qilganini bildirdi.
To‘qnashuvlar davom etmoqda. Har ikki tomonda talafotlar bo‘lgan.
Mavzuga oid

07:49 / 10.04.2025
Ozarboyjon Shimoliy Kiprni qo‘llab-quvvatladi

08:41 / 08.04.2025
Ozarboyjon Yevropaga gaz yetkazib berishda Rossiya o‘rnini egallamoqda

15:12 / 03.04.2025
Ozarboyjonda og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi

17:07 / 02.04.2025