Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon Armanistonning 16 tanki yo‘q qilinganini ma'lum qildi
Shuningdek, bitta "Uragan" reaktiv tizimi, to‘rtta BM-21 "Grad" reaktiv tizimi, to‘rtta D-20 gaubitsa-zambaragi, bitta jangovar piyoda mashinasi va ikkita yuk mashinasi yo‘q qilingan.

Foto: RIA "Novosti"
Ozarboyjon qurolli kuchlari Armaniston qurolli kuchlariga qarashli "OSA-AKM" zenit-raketasi majmuasining ikkita jangovar mashinasi va 16ta tankini yo‘q qildi. Bu haqda Ozarboyjon mudofaa vazirligiga tayanib Interfaks xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, shuningdek, bitta "Uragan" reaktiv tizimi, to‘rtta BM-21 "Grad" reaktiv tizimi, to‘rtta D-20 gaubitsa-zambaragi, bitta jangovar piyoda mashinasi va ikkita yuk mashinasi yo‘q qilingan.
Rasmiy Yerevan seshanba kuni raqib endi Qorabog‘ hududida emas, Armaniston hududida harbiy harakatlar boshlagani, aviatsiya kuchlari amaliyoti vaqtida turklarning F-16 rusumli qiruvchi samolyoti armanlarning Su-25 samolyoti tomonidan urib tushirilgani haqida xabar berdi.
Ozarboyjon va Turkiya bu xabar asossiz ekanini bildirdi; Turkiya prezidenti matbuot xizmati rahbari Faxriddin Oltin buni «arzon tashviqot o‘yinlari» deb baholadi.
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Boku tomonidan harbiy harakatlar to‘xtatilishining yagona sharti Tog‘li Qorabog‘ hududidan Armaniston qurolli kuchlarining to‘laligicha va zudlik bilan olib chiqib ketilishi ekanligini aytdi.
Mavzuga oid

11:22
Tramp: Pashinyan va Aliyev 8 avgust kuni tinchlik bitimini imzolaydi

22:26 / 07.08.2025
Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasidagi strategik yo‘lak AQSh nazoratiga beriladi

22:50 / 06.08.2025
Pashinyan va Aliyev Vashingtonda Tramp huzurida uchrashadi

22:12 / 05.08.2025