Pekin aeroporti 6 oylik to‘xtashdan keyin yana xalqaro aviareyslarni qabul qila boshladi

Pekin aeroporti yarim yillik tanaffusdan keyin 3 sentyabrdan oz sondagi davlatlardan aviareyslarni qabul qila boshladi. Hozircha Pekinga koronavirus tarqalishi darajasi past bo‘lgan 8 ta davlatdan samolyotlar kela olishi mumkin.
Jumladan, Yevropa davlatlaridan Avstriya, Daniya, Shvetsiya va Gretsiyadan Pekinga parvozlar amalga oshirilishi mumkin. Xitoy poytaxtiga, shuningdek, Tailand, Kamboja, Pokiston va Kanadadan reyslarga ruxsat berilgan. Pekin ma'muriyatida ta'kidlanishicha, ushbu reyslarda keluvchi barcha yo‘lovchilar reys amalga oshirilayotgan davlat fuqarolari bo‘lishi lozim.
Yo‘lovchilar Pekinga uchish oldidan koronavirusga manfiy test topshirganlari haqidagi ma'lumotnomani taqdim qilishlari, Pekinga kelgach esa markaziy bazada majburiy karantindan o‘tishlari hamda yana 7 kun davomida uy sharoitida o‘zlarini yakkalashlari lozim bo‘ladi.
Birinchi bosqichda Pekin har kuni 5 tagacha samolyot va uzog‘i bilan 500 yo‘lovchi qabul qiladi. Keyinroq yo‘lovchilar sonini ming nafargacha oshirish ko‘zda tutilgan. Ushbu reyslar Pekinga 23 mart kunidan beri amalga oshiriladigan ilk reyslar bo‘ladi. Aynan shu kundan boshlab Pekin aeroporti pandemiya sababli xalqaro aviareyslar uchun yopilgandi.
Oxirgi oylarda Xitoy karantin choralarini birmuncha yengillashtirdi. Biroq Pekin alohida himoyada bo‘lgani sababli unga xalqaro aviareyslar amalga oshirish taqiqlab kelinayotgandi.
Mavzuga oid

13:26 / 18.04.2025
Urganch aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha o‘tkazilgan tender g‘olibi aniqlandi

23:08 / 11.04.2025
Yaponiyadagi sun’iy orollarda joylashgan aeroport dengiz ostiga g‘arq bo‘lishi mumkin

21:00 / 11.04.2025
Dunyoning eng yaxshi aeroportlari reytingi e’lon qilindi

16:04 / 26.03.2025