O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida kirib-chiqish bo‘yicha yangi tartib joriy etilmoqda
O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi navbatdagi qarorni qabul qildi.

Foto: akchabar.kg
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning xabar berishicha, 2020 yil 1 sentyabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasidagi avtoyo‘l o‘tkazish punktlariga nisbatan kirib-chiqish bo‘yicha cheklovlar sanitariya-gigiyena talablariga qat'iy rioya etgan holda bekor qilinadi.
Unga ko‘ra, quyidagi tartib joriy etilmoqda:
- oxirgi 14 kun Qirg‘iziston Respublikasida bo‘lib turgan yoki so‘nggi 72 soat davomidagi koronavirus infeksiyasiga PZR test tekshiruvining manfiy natijalari to‘g‘risida ma'lumotnomasi mavjud bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelganda karantin nazoratiga olinmaydi;
- Qirg‘iziston Respublikasiga chiqqan hamda faqatgina ushbu mamlakat hududida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari respublikaga qaytib kirgandan so‘ng karantin nazoratiga olinmaydi;
- mazkur bandning 3 va 4 xatboshisida belgilangan holatlardan tashqari barcha vaziyatlarda O‘zbekiston Respublikasiga kirib keluvchi shaxslar o‘rnatilgan tartibda karantin nazoratiga olinadi.
Mavzuga oid

21:12 / 07.06.2025
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Atambayev Xalqaro sudda javob berishga tayyorligini bildirdi

17:34 / 07.06.2025
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida Lenin haykali olib tashlandi

15:32 / 05.06.2025
O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston yo‘lagida birinchi marta yuk tashildi

22:17 / 03.06.2025