Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya bosh vaziri iste'foga chiqishini e'lon qildi
Abe bilan uchrashuvda bo‘lgan shaxslardan biri iste'foning sababi "kasallik tufayli to‘g‘ri qaror chiqara olmaslik" ekanligini aytgan.

Foto: Jiji Press, via Agence France-Presse - Getty Images
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe hukmron blokka iste'foga chiqishga qaror qilganini ma'lum qildi. U bu haqda "Komeyto" partiyasi yetakchisi Natsuo Yamagutini rasman xabardor qilgan.
Oxirgi vaqtda ommaviy axborot vositalari siyosatchining salomatligi yomonlashgani haqida yozayotgandi. Abe bu xabarlarni tasdiqladi.
Abe bilan uchrashuvda bo‘lgan shaxslardan biri iste'foning sababi "kasallik tufayli to‘g‘ri qaror chiqara olmaslik" ekanligini aytgan.
Sindzo Abeda yo‘g‘on ichak shilliq qavatining surunkali shamollashi aniqlangan. U mana shu kasallik tufayli 2007 yilda iste'foga chiqqandi. Ammo salomatligi yaxshilangach, 2012 yilda yana bosh vazir lavozimiga saylangandi.
2019 yil noyabrda Abe Yaponiya tarixida bosh vazir lavozimida uzoq qolish bo‘yicha yetakchiga aylangandi. U XX asr boshida Yaponiya hukumatiga boshchilik qilgan Katsura Taroning rekordini yangilagandi.
24 avgust kuni Abe hukumatga uzluksiz ravishda 2799 kun boshchilik qilib Yaponiya bosh vaziri lavozimini uzoq vaqt egallash bo‘yicha rekord o‘rnatgandi.
Mavzuga oid

22:38 / 26.07.2025
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi

09:20 / 25.07.2025
Tramp Yaponiya bilan yirik savdo bitimini e’lon qildi

12:04 / 23.07.2025
Yaponiya bosh vaziri Shigeru Ishiba iste’foga chiqdi - OAV

00:31 / 10.07.2025