Aktam Hayitov karantin sharoitida narxlarning oshishi vaqtinchalik deb hisoblamoqda

Foto: KUN.UZ
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Hayitov karantin sharoitida narxlarning oshishi vaqtinchalik tusga ega ekanligini bildirdi.
Uning qayd etishicha, karantin davrida talab yuqori bo‘lgan 2020 yilning 31 dekabriga qadar un, o‘simlik moyi, go‘sht va sut mahsulotlari, shakar, gigiyena vositalari va ularning xomashyosi kabi qator iste'mol mahsulotlari importiga bojxona to‘lovlari va aksiz soliqlari nol stavkada belgilandi.
«Karantin sharoitida narxlarning o‘sish dinamikasi vaqtinchalik tusga ega, ikkinchi yarim yillikdan boshlab qishloq xo‘jalik mahsulotlarining yangi hosili yig‘imidan keyin hamda hukumat tomonidan oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tufayli bozorlar to‘lishi natijasida narxlar tushadi», – deydi Hayitov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zLiDeP fraksiyasi a'zolari mahalliy qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar ishini yengillashtirish va mahsulotning iste'molchiga yetib borishini ta'minlash uchun bor kuchlarini ishga soladilar.
Mavzuga oid

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

11:12 / 27.08.2024
Saylovlarga tayyorgarlikni 2020 yildayoq boshlaganmiz – Aktam Hayitov

21:59 / 27.11.2022
Xitoyda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

00:22 / 26.11.2022