British Airways aviakompaniyasi pandemiya sababli Boeing 747 samolyotlaridan butunlay voz kechishni tezlashtirdi
Aviakompaniyaning qayd etishicha, "tashuvlarga bo‘lgan talab tushib ketganligi sababli British Airways boshqa hech qachon bu modeldagi samolyotlardan foydalanmaydi".

Foto: Getty Images
International Consolidated Airlines Group S.A. (IAG) aviaguruhiga kiruvchi British Airways aviakompaniyasi pandemiya sharoitida aviatashuvlarga bo‘lgan talabning tushib ketishi natijasida keng fyuzelyajli Boeing 747-400 samolyotlaridan rejalashtirilganidan to‘rt yil avval voz kechadi.
"Ulkan nadomat bilan barcha 747 flotimizdan foydalanishni zudlik bilan to‘xtatishni taklif qilamiz", - deya kompaniya vakilining so‘zlaridan iqtibos keltiradi MarketWatch.
Aviakompaniyaning qayd etishicha, "tashuvlarga bo‘lgan talab tushib ketganligi sababli British Airways boshqa hech qachon bu modeldagi samolyotlardan foydalanmaydi".
British Airways aviaparkida 31ta Boeing 747-400 samolyoti bor edi.
Aviakompaniya Boeing 747-400 samolyotlaridan foydalanishni 2024 yildan to‘xtatish, ular o‘rnini 787 Dreamliner yoki Airbus A350 bilan to‘ldirishni rejalashtirgandi.
IAG rahbari Uilli Uolsh British Airways "yashash uchun kurashayotgan"ligini qayd etdi.
Mavzuga oid

07:50 / 22.05.2025
Pentagon Qatar tomonidan Trampga sovg‘a qilingan samolyotni qabul qildi

21:52 / 15.05.2025
Shanxayda boladagi sirli toshma sabab uning oilasi samolyotga chiqarilmadi

12:36 / 20.04.2024
Afsonaviy Boeing 747 – dunyodagi birinchi keng fyuzelyajli samolyot tarixi

10:57 / 01.02.2023