Jahon banki: millionlab insonlar o‘ta qashshoqlikka tushib qoladi
COVID-19 virusi bois jahonning barcha mintaqalarida aholi jon boshiga daromad keskin pasayishi kutilmoqda.

Foto: REUTERS/Siphiwe Sibeko
Jahon banki koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq sharoitda dunyo iqtisodiyoti bilan bog‘liq vaziyatni qayta baholadi. Unga ko‘ra, virus tarqalishi bo‘yicha karantin choralari jahon iqtisodiyotiga o‘ta salbiy ta'sir ko‘rsatgan. Xalqaro moliya muassasasi hisobotida qayd etilishicha, pandemiya jahon iqtisodiyotini chuqur turg‘unlikka tushirgan.
Bank hisob-kitoblariga ko‘ra, bu yil sayyora iqtisodiyoti 5,2 foizga pasayadi. Bu raqam 2-Jahon urushidan keyingi eng jiddiy pasayish hisoblanadi. Aholi jon boshiga ishlab chiqarish hajmining qisqarishi 1870 yildan keyingi davr ichida eng ko‘p davlatni qamrab oladi. Bu haqda Jahon bankining 2020 yil iyun oyi uchun e'lon qilgan «Jahon iqtisodiyoti istiqbollari» hisobotida so‘z yuritilgan.
Ichki talab va taklif, savdo va moliyaga ko‘rsatgan jiddiy ta'sirlar oqibatida rivojlangan iqtisodiyotga ega mamlakatlarda iqtisodiy faollik 7 foizga qisqarishi kutilmoqda.
Bozor munosabatlari shakllanayotgan va rivojlanayotgan mamlakatlarda oxirgi 60 yillikdagi og‘ir turg‘unlik kuzatiladi. Bu raqam 2,5 foizni tashkil etishi kutilmoqda. Ushbu davlatlarda aholi jon boshiga daromadlar 3,6 foizga pasayishi millionlab insonlarni o‘ta qashshoqlikka tushirib qo‘yadi, deyiladi hisobotda.
Ayniqsa, jahon savdosi, turizm, xomashyo eksporti va tashqi moliyalashga bog‘liq mamlakatlardagi vaziyat og‘irlashadi.
«Ehtimol, bu inqiroz chuqur iz qoldiradi va butunjahonning yirik muammolariga sabab bo‘ladi, – deya tan olgan Jahon banki vitse-prezidenti Jyeyla Pazarbashioglu. – Bizning eng birinchi vazifamiz, sog‘liqni saqlash va iqtisodiyotdagi global favqulodda vaziyatni ortda qoldirishdir. Shundan so‘ng, jahon hamjamiyati iqtisodiyotni tez va barqaror jonlantirish hamda qashshoqlik va ishsizlik o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun sa'y-harakatlarini birlashtirishi kerak».
Mavzuga oid

10:53 / 12.04.2025
Ifo bosh direktori yangi global iqtisodiy inqirozni istisno etmadi

13:39 / 11.04.2025
Yetakchi institutlar Germaniyaning iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi

16:36 / 10.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashdi

10:41 / 07.04.2025